"Uzbekistan Airports" va Italiyaning "EU Wings" kompaniyasi hamkorlik shartnomasini imzoladi

"Uzbekistan Airports" va Italiyaning "EU Wings" kompaniyasi hamkorlik shartnomasini imzoladiю Ushbu shartnoma doirasida Italiyaning "EU Wings Srl" kompaniyasi Toshkent, Buxoro, Navoiy, Urganch, Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlarida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatadi. 

Xizmat ko'rsatilayotgan samolyot turlariga Airbus 319, 320, 321, 330, Boeing 737, 767, 777, 787, Embraer RJ 170/190 va ATR 42/72 kabilar kiradi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, "EU Wings" yuqoridagi aeroportlarda aviakompaniyalar talablariga muvofiq samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston aeroportlariga yangi xorijiy aviatashuvchilarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratadi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik joriy yilning 26-mart kuni boshlangan edi. Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan "MRO Central Asia" taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish konferentsiyasi doirasida "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi va Italiyaning "EU Wings Srl" kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты