Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi

Isroilning Tel-Aviv shahri xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.

Taʼkidlanishicha, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviabilet uchun to‘lovlarni qaytarib olish yoki boshqa sanalarga bepul qayta band qilish uchun murojaat etishi mumkin.

Avvalroq, Isroil Davlati bilan aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22007 | Инструменты