Huawei 1
Uzbekistan Airways Namangandan Orenburg va Nijnevartovskga reyslarni yo'lga qo'yib, Yekaterinburgga parvozlar sonini oshiradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy” xabdan parvozlar geografiyasini kengaytirib, parvozlar sonini haftasiga oshirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airways" matbuot xizmati "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2023-yilning 27-martidan boshlab "Namangan – Orenburg – Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar tiklanyapti. Parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.  

- Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 07:05 da;

- Orenburgga kelish mahalliy vaqt bilan (Orenburg) soat 10:30 da;

- Orenburgdan uchish mahalliy vaqt bilan (Orenburg) soat 12:00 da;

- Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 15:10 da. 

Shuningdek, 2023-yilning 31-martidan boshlab Uzbekistan Airways Namangandan Yekaterinburgga parvozlar sonini oshiradi. Namangan – Yekaterinburg – Namangan yoʻnalishi boʻyicha muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar haftasiga ikki marta, dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

- Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 07:05 da;

- Yekaterinburgga kelish mahalliy vaqt bilan (Yekaterinburg) soat 10:30 da;

- Yekaterinburgdan uchish mahalliy vaqt bilan (Yekaterinburg) soat 12:00 da;

- Namanganga kelish mahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 15:10 da.     

Aviaqatnovlar narxlari quyidagicha:

- Namangan – Orenburg – 1 718 823 so‘mdan;

- Namangan – Orenburg – Namangan – 2 361 768 so‘mdan;

- Namangan – Yekaterinburg – 2 271 935 so‘mdan; 

- Namangan – Yekaterinburg – Namangan – 3 180 807 so‘mdan. 

Uzbekistan Airways “Sharqiy” xabni rivojlantirish doirasida 31-martdan boshlab, har hafta juma kunlari Namangan – Nijnevartovsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

- Namangandan uchish mahalliy vaqt bilan (Namangan) soat 16:00 da;

- Nijnevartovskga kelish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 19:45 da;

- Nijnevartovskdan uchish mahalliy vaqt bilan (Nijnevartovsk) soat 21:45 da;

- Namanganga kelish mMahalliy vaqt bilan (Namangan) ertasi kuni soat 01:35 da. 

Namangan – Nijnevartovsk yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 1 962 078 so‘mdan, Namangan – Nijnevartovsk – Namangan esa 2 701 568 so‘mdan boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida, narxlar 2023-yil 17-mart holatiga ko‘ra amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Uzbekistan Airways London, Frankfurt va Rigaga parvozlar sonini oshiryotgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты