UZREPORT TV 8 YOSHDA!

Bugun UZREPORT TV telekanali ish boshlaganiga sakkiz yil to'ldi. Shu vaqt mobaynida telekanal efir setkasida yangiliklardan tashqari, dolzarb reportajlar, teleko‘rsatuvlar, ekspertlar bilan interaktiv intervyular, shuningdek ijtimoiy, ilmiy-ma’rifiy filmlar va yangi televizion loyihalar paydo bo’ldi. Ularni dunyo hamjamiyati ham ijtimoiy tarmoqlarimizdagi sahifalarimiz hamda maxsus platformalar orqali kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

UZREPORT TV xususiy, nodavlat informatsion telekanali o‘z faoliyatini 2014 yilning 28 aprel kuni boshlagan. Telekanal efirning ilk kunlaridan boshlab tomoshabinlarga ishonchli, tezkor va tahliliy axborot yetkazish yo‘lida mehnat qilmoqda. Informatsion kontentning sifati va mazmuni ustida UZREPORT TV jamoasining faol mehnati natijasi o'laroq telekanalning doimiy tomobashinlari soni ham ortib bormoqda.

Bugungi kunda telekanal o’zbek, rus va ingliz tilida efirga uzatiladigan uzreprot.news dasturlari orqali tomoshabinga ma’lumot yetkazib kelyapti. Shu bilan birga, bir qator mualliflik ko‘rsatuvlari muxlislar e’tiborida. Tomoshabinni adabiyot va kitobxonlikka undovchi — “Bitmas Xazina”, o‘z bilimi, mehnati, sabr-toqati bilan muvaffaqiyatga erishgan hamyurtlarimiz haqidagi — “Everest”, kasb-u kori, hunaridan saodat topib, atrofdagilarga ibrat bo'lib yashayotgan insonlar haqidagi — “Mingchinor”, xalqaro munosabatlar yangiliklarini o’zida jamlagan “Aspekt”, har yili Ramazon oyida imom-xatiblarning diniy-ma’rifiy muloqotlari bilan aholiga bilim ulashadigan “Muborak oy suhbatlari” va jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan tezkor tadbirlarni o’z ichiga olgan “No comment”, “Navbatchilik qismi” va “So’nggi pushaymon” dasturlari shular jumlasidandir.

Shuni katta g‘urur bilan aytish mumkinki, UZREPORT TV O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Bloomberg, Reuters, CCTV, Discovery va National Geographic kabi nufuzli xalqaro axborot agentliklari va telekanallar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, kanal 8 yillik faoliyati davomida mualliflik huquqi doirasida barcha mahsulotlarni litsenzion shartlar asosida harid qilib ish olib bormoqda.

Telekanal 2015 yil “Oltin Qalam” Milliy mukofotining bosh sovrini sohibiga aylangan. 2018 yildan boshlab telekanal dasturlari Full HD formatida namoyish etilmoqda.

2019-yilda esa telekanal to‘liq rebrendingni o‘tkazgan. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, grafik dizayni, logotipi va shiorini o’zgartirgan.

UZREPORT TV - O‘zbekiston media makonida axborot, tahliliy-ma’rifiy kanal sifatida yaxshi tanilgan va o‘zining doimiy auditoriyasi ega. Ular davlat va jamiyat, biznes va sport kabi sohalarning faol vakillari. Telekanal shiori uning auditoriyasidan kelib chiqib tanlandi, ya’ni UZREPORT TV - qarorlar qabul qiluvchi insonlar uchun!

Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, UZREPORT TV uchun jonli efir tushunchasi o‘zgacha qadrli. Yurtdoshlarimizga O’zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim voqea va hodisalarni eng so‘nggi texnik yechimlar orqali jonli ravishda yetkazib kelinmoqda.

Telekanal sport muxlislari tomonidan ham sevib tomosha qilinadi. Shu vaqtgacha UZREPORT TV futbol bo‘yicha Osiyo, Yevropa va Jahon chempionatlari o'yinlarini jonli efirda, yuqori sifatda hamda to'liq hajmda UzReport AAning loyihalaridan biri bo‘lgan hamda mamlakatda kontent e’tiboridan unikal bo‘lib turgan FUTBOL TV telekanili bilan birga namoyish etib kelmoqda. Shu bilan birga, millionlab o'zbekistonlik futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, UZREPORT TV telekanali O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda o'zbek klublari ishtirok etadigan rasmiy musobaqalar, ya'ni Jahon chempionati saralashi, Osiyo Kubogi, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari, Osiyo chempionlar ligasi, OFK Kubogi translyatsiya huquqini xarid qilgan va namoyish etib kelmoqda. Shuningdek, MMA, boks, velosport, dzyudo va boshqa ko‘plab sport turlariga bag‘ishlangan jonli translyatsiyalar - tomoshabin doim birinchi navbatda UZREPORT TVdan kutadigan kontentdir.

Tomoshabinlar tomonidan bildirilayotgan ishonch telekanal jamoasini doim ijodiy yutuqlar boshlab kelgan. 

Ushbu bayram kuni biz barcha hamkorlar va tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz! Biz siz bilan voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52921 | Инструменты