Vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati 15-noyabrgacha uzaytirildi
Ma'lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.
Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, "super-kontrakt" uchun to'lovlar qachongacha to'lanishi kerakligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40505 | Инструменты