Huawei 1
Vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oilasi uchun “oila kuni” (family day) tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 23 iyun kuni BMTning Davlat xizmati kuni deb eʼlon qilinganligi inobatga olinib, ushbu kunda O‘zbekistonda ham davlat xizmati ahamiyatini yoritishga oid maxsus tadbirlar tashkil qilinishi belgilandi.

Jumladan, maxsus tadbirlar doirasida har yili:

- har bir vazirlik va idoralar (tarmoq va yo‘nalishlar) tomonidan yil davomida erishilgan natijalar, sohada fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar hamda kelgusidagi vazifalar interaktiv tarzda keng jamoatchilikka yetkaziladi;

- eng namunali davlat xizmatchilari faoliyati, davlat xizmatchilarining bir kuni to‘g‘risida videorolik va filmlar namoyishi o‘tkaziladi;

- har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila aʼzolari uchun “oila kuni” (family day) tashkil etiladi.

- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili tashkil etish tavsiya qilinadigan maxsus tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlab boradi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi.

- mazkur bo‘linmalar davlat organlari vazifalarining samarali bajarilishini taʼminlashga layoqatli bo‘lgan inson resurslarining son va sifat tarkibini shakllantirish hamda doimiy rivojlantirib borishga qaratilgan inson resurslarini strategik rejalashtirish faoliyatiga masʼul etib belgilanadi;

- inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar faqatgina “hrm.argos.uz” platformasida shakllantiriladi va yuritiladi;

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari:

- kadrlar siyosati bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi;

- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- har uch yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi;

- davlat organlari tomonidan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiya va vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72718 | Инструменты