Xalqaro islom akademiyasi rektori Prezident maslahatchisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Komilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Shoazim Minovarov o‘tgan yili may oyida Prezident maslahatchisi etib tayinlangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110302 | Инструменты