Huawei 1
Xalqaro migratsiya tashkilotiga 264 nafar O'zbekiston fuqarolari murojaat qilgan

O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) rahbari Fabiyen Sambussi va O'zbekiston bo'yicha kuratori Rik Yan Molanus bilan uchrashdi. 

Muloqot chog'ida xalqaro migratsiya sohasida hamkorlikni jadallashtirish, mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

O'zbekiston bo'yicha kuratori Rik Yan Molanus ma'lumotiga ko'ra, XMT tashkiloti Benilyuks mamlakatlarida joylashgan diplomatik vakolatxonalari bilan yaxshi munosabat o'rnatgan. Odatda XMT tashkilotiga og'ir ahvolga tushib qolgan migrantlar murojaat qiladi. Murojaatlar asosan pasportini yo'qotgan, pasportining muddati o'tgan yoki yaroqsiz holatga kelib qolgan, farzandlari chet davlatlarda tug'ilgan, tibbiy yordamga muhtoj, odam savdosidan jabrlangan hamda mehnat zo'ravonliklariga uchragan fuqarolardan kelib tushishi ta'kidlandi.

XMT vakilining aytishicha, 2023-yilning yanvar oyidan 2024-yilning 31-oktyabrigacha bo'lgan davrda 264 nafar O'zbekiston fuqarolari XMTga murojaat qilgan. Ulardan 221 nafari o'z xohishiga binoan O'zbekistonga qaytarilgan.

XMT yordamida O'zbekistonga qaytganlarning 90 foizini erkaklar, 10 foizi esa ayollar tashkil etadi.

Migrantlarga Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish uchun konsullik yig'im va aviabiletlar uchun to'lovlar XMT tomonidan qoplanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22109 | Инструменты