Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining Zeyjang provinsiyasida joylashgan "Zhejiang Juma Entertainment Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda viloyatda turizm va ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari bugungi kunda hududlarda zamonaviy dam olish maskanlari va parklar tashkil etishga muhim eʼtibor qaratilayotganligi, bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda investorlarni jalb etish yaxshi samara berishligi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda kompaniya rahbari Ma Jyang kompaniya faoliyati haqida maʼlumot berdi. Mazkur kompaniya istirohat bog‘lari uchun attraksionlar ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yirik tajribaga ega. Kompaniya dunyo miqyosidagi eng yirik va zamonaviy charxpalaklar, turli attraksionlar, innovatsion ko‘ngilochar uskunalarni ishlab chiqarish bilan tanilgan.
Muloqot chog‘ida Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – "Yangi O‘zbekiston” massivi hududida aholi uchun zamonaviy istirohat bog‘ini qurish loyihasi muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40220 | Инструменты