Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi

National Geographic jurnali muharrirlari, fotosuratchilari va izlanuvchilari tomonidan tanlab olingan 2026 yilning eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Xorazm viloyatining Xiva shahri ham bor.

«Samarqand va Buxoro mashhurlik cho‘qqisida bo‘lsa, Xiva o‘tmishga yanada haqiqiy va xotirjam sayohatni taklif etadi. Yozda Toshkentdan tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi - u yo‘lni ikki baravar qisqartiradi», deyiladi xabarda.

Nashr sayyohlarga «ta’mirlangan saroylari, masjidlari va minoralari bilan mashhur qadimiy Ichan qal’a (YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan) bilan tanishish, noyob festivallar – lazgi raqsi, bahodirlar o‘yinlari yoki qovun saylini tomosha qilishni» tavsiya etgan.

2026 yilning eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari orasida Kanadaning Kvebek provinsiyasi, Xitoyning Pekin shahri, Dominika orollari, Marokashning Rabot shahri, Britaniyaning Hall shahri, Shimoliy Dakotadagi (AQSh) Bedlends milliy parki, Filippinning Manila shahri, Turkiyaning Qora dengiz qirg‘og‘i, Ruandaning Akagera milliy parki, Kanadaning Vankuver shahri, Yaponiyaning Yamagata prefekturasi, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri, Fiji orollari va boshqalar bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102315 | Инструменты