Huawei 1
Xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

Farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovning “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’ri Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты