Huawei 1
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suxadolnik xonimlaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirning o‘zi Telegram-kanali orqali xabar bermoqda. 

"Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.

Hech shubhasiz, hamkorligimizni yana-da oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025 yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60405 | Инструменты