Huawei 2
Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo‘lib kelgan ayolni o‘ldirib, hovliga ko‘mib yubordi

38 yoshli ayol o‘ziga tanish bo‘lgan ayol bilan 49 yoshli ayol bilan janjallashib, uni o‘ldirdi. Xorazm viloyati prokurasining xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo‘lgan.

Urganch shahrining "Hamjihatlik" mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1975 yilda tug‘ilgan ayolni qo‘ng‘iroq orqali uyiga taklif qilgan. Uyda ular o‘rtasidagi pul oldisi sabab nizo kelib chiqqan. Natijada, mezbon ayol mehmon ayolni ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

U marhumaning murdasini uyining hovlisiga chuqur kavlab, ko‘mib yuborgan.

Ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingan hamda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga