Huawei 1
Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

O’zbekiston tarixida ilk bor jamoaviy yo’nalishda olimpiya o’yinlari litsenziyasini qo’lga kiritgan Timur Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamoamiz Toshkentga qaytdi. Futbolchilarimizni munosib kutib olish uchun ularning yaqinlari, keng sport jamoatchiligi va OAV vakillari erta tongdan 3-terminalga chiqishdi. UzReport TV ijodiy jamoasi ham ushbu kutib olish marosimida qatnashdi. Sahnida futbolchilarimiz bo’lgan havo kemasi Dohadan Toshkentga uchib keldi.

Tadbirning rasmiy qismida futbolchilarimizga davlat rahbari tomonidan yo’llangan tabrik o’qib eshittirildi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijda bo’lib o’tadigan olimpiya o’yinlarida munosib ishtirok etish uchun raqib tanlash kerakmasligini ta’kidlab o’tdi.

Tadbir yakunlangach ananaga muvofiq futbolchilarimiz ham avtobuslarga chiqib shahar bo’ylab sayr qilishdi. Fursatdan foydalanib, ijodiy guruhimiz nomidan olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan terma jamoamizni tabriklaymiz.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga