Huawei 1
4-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o’tkazilgan "Tepe Sigeman 2024" turniri chempioni bo’ldi

U asosiy davrada 4,5 ochko to’pladi va Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan bir xil ochko jamg’ardi. Tay-brek bahslarida esa Nodirbek ikkala raqibini ham mag’lub eta oldi va chempionga aylandi.

"Milliy bog‘lar xuddi erkinlik kabi qadrlanishi, himoya qilinishi kerak" – AQSh elchisi Jonatan Henik

"Milliy bog‘lar ortidagi asosiy g‘oya shuki, mamlakat xalqqa tegishlidir", - dedi O‘zbekistondagi AQSH elchisi Jonatan Henik.

Odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Kirov shahrida politsiya O‘zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoshli yigitni qo‘lga oldi.

O‘zbekiston va Italiya sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poezdini yo‘lga qo‘yadi.

O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda

Aziz Abduhakimov “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van Bo bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekistondagi chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni oʻrganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Toshkentda bir yoshli qizcha daraxt bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshirishda suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan.

O‘zbekistonda bir oyda salkam 60 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Toshkent shahrida dars paytida karta o‘ynab o‘tirgan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi

Ushbu holat Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsida sodir etilganligi aniqlangan.

O'zbekiston suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish sohasida BMT YeIK bilan hamkorlik qiladi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistonda ichimlik suvi sifati ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi toʻgʻrisidagi hisobotlarini inobatga olgan holda, suv sifati boʻyicha meʼyoriy-huquqiy bazani xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish uchun yevropalik mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Maktablarga pedagogika bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasalari yordam beradi.

Toshkentda ko‘chadagi qizga nisbatan odobsiz harakatlar sodir etib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi notanish qizni urgan shaxsga nisbatan hukm chiqardi.

Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonyerlar qo‘lga olindi

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Namanganda qalbaki 1 650 AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

WBA‘ning yangilangan reytingida 3 nafar bokschimiz ko‘tarildi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi aprel oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

O‘zbekistondagi tibbiyot OTMda qancha hindistonlik o‘qiyotgani maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 5 ming nafardan ko‘proq hind yigit-qizlari taʼlim olayotgani aytildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga