Xorazm viloyatida qaynota kelinini vahshiylarcha urib o‘ldirdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, voqea Gurlan tumanida sodir bo‘lgan. Ayolning eri ishlash uchun Rossiyaga ketgan. 3 bola bilan yolg‘iz qolgan ayolni esa qaynotasi urib o‘ldirib qo‘ygan. Qaynota kelinni do‘pposlayotgan vaqtda qaynona eshiklarni tashqarisidan yopib turgani aytilmoqda.
Hozirda gumonlanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112117 | Инструменты