Huawei 1
2024-yilning eng yaxshi pishlog'i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog'i Viza shahrida (Portugaliya) o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro tanlovda aniqlandi.

Tanlov tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, 47 davlat tomonidan taqdim etilgan 4786 ta pishloq 240 nafar xalqaro ekspert tomonidan baholangan.

Qo‘y sutidan tayyorlangan “Queijo de Ovelha Amanteigado” pishlog'i g‘olib deb topildi. Bu pishloq Zualeyradagi (Portugaliya) 10 kishilik kichik fermada ishlab chiqariladi.

Hakamlar pishloqlarni tashqi ko'rinishi, hidi, ta'mi va tuzilishiga qarab baholadilar. Ulardan biri g'olib pishloqni "oqsil va yog'ning ajoyib kombinatsiyasi" deb ta'riflagan.

Tanlovning final bosqichiga Portugaliya, Braziliya, AQSh, Norvegiya, Italiya, Germaniya va Ispaniyadan 14 ta pishloq yetib keldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112121 | Инструменты