Huawei 1
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani ochmoqda

“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shartnoma berish jarayoni 22-noyabr kuni soat 10:00da boshlanib, xaridorlar “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” uchun shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi.

Hozirda “GX-Style AT Plus” narxi 147 916 000 so‘mni, “GX-Midnight AT” versiyasi esa 155 231 000 so‘mni tashkil etadi.

Shartnomalarni savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin. “Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerakligini qayd etmoqda. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112121 | Инструменты