Huawei 1
Xorazmda  Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi $80 ming pora olayotgan vaqtida ushlandi

Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir

Toshkent shahrida advokat va yurist pora bilan ushlandi

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20313 | Инструменты