Huawei 1
Xorazmdagi ixtisoslashgan maktab tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holati aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi OAVda eʼlon qilingan “Xorazmdagi ixtisoslashgan maktab qariyb 100 mln so‘mlik tenderni noqonuniy o‘tkazdi” sarlavhali xabarda qayd etilgan holatlarni o‘rgandi.

Aniqlanishicha, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi buyurtmachiligida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 2023-yil 12-may kuni “Maʼnaviyat targ‘ibot stendlari sotib olish va o‘rnatish” yuzasidan 94,8 mln so‘mlik tanlash o‘tkazilishi haqida eʼlon joylashtirilgan.

Muassasa xarid komissiyasining 2023-yil 19-may kunidagi g‘olibni aniqlash bayonnomasi bilan “R.I” MCHJ tanlash g‘olibi, “M.Y.F” MCHJ esa zaxiradagi g‘olib deb topilgan.

O‘rganish davomida tanlashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda zaxiradagi g‘olib deb topilgan jamiyatlarning taʼsischi va rahbarlari o‘zaro affillangan shaxslar bo'lsa-da, ular xarid komissiyasi tomonidan xarid qilish jarayonidan chetlatilmaganligi va natijada “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan.

Shu va boshqa qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 2023-yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda buyurtmachiga o‘tkazilgan tanlash bo‘yicha xarid komissiyasi bayonnomasini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Bundan tashqari, qonunbuzilishi holatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты