Xabaringiz bor, prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladi beriladi.
Kimlarga va qaysi ta'lim shakli uchun beriladi?
O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari), o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga beriladi.
U kunduzgi, sirtqi, kechki ta'lim shakllarida o'quvchilarga berilsa, super-kontrakt, qo‘shma ta’lim, masofaviy ta’lim va ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlar uchun berilmaydi.
Ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Uni Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi.
To‘lash qachondan boshlanadi?
Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.
Ushbu kreditni quyidagi banklardan olsa bo'ladi:
1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qishloq qurilish bank
7. Turonbank
8. Oriyent finans bank
9. Milliy bank
10. O‘zsanoatqurilishbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank
Kredit olishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.
Qaysi xatoni qilmaslik kerak?
2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlash kerak. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.
Ushbu kredit qanday hisoblanadi?
Samarqand viloyatida jami ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.
O‘tgan yillard kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. Joriy yilda 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:
1. aniq va tabiiy fanlar;
2, texnika fanlari;
3. tibbiyot fanlari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82202 | Инструменты