“Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 8, 9-may kunlari 762/761-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi
Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51402 | Инструменты