Huawei 1
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali 31 099 ta ariza kelib tushgani aytildi

2024 yil boshidan hozirgi kunga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali 31 099 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish agentligi Axborot xizmati rahbari Muqaddas Fayozova maʼlum qildi.

Hozirgi kunga kelib yagona elektron tizimda jami 72 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bundan 35 306 nafar izlanuvchi to‘g‘risida maʼlumotlar bazasi jamlangan.

Shuningdek, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari tizimi davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlovlarga fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar hujjatlari elektron shaklda qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. 

Mazkur tizim orqali loyiha mavzulari shakllanishidan boshlab, loyiha yakuni bo‘yicha monitoringgacha bo‘lgan barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtirishga erishildi. 

Hozirgi kunda mazkur tizimdan 7 073 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Tizim orqali 55 ta tanlovlar bo‘yicha 614 ta mavzu eʼlon qilingan. 

Mazkur tanlovlarga jami 3 637 ta loyiha qabul qilingan. Loyihalar bo‘yicha 17 ta ilmiy kengashning 425 dan ortiq aʼzosi, 6 nafar texnik ekspert va 494 nafar ilmiy ekspertlar xulosalarini elektron ko‘rinishda taqdim etib kelishmoqda.

O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarining ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar uchun yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratildi.

Yagona elektron maʼlumotlar bazasi 5 ta asosiy modul tashkilotlar, laboratoriyalar, qurilmalar, xizmatlari hamda murojaatlardan modulidan iborat. 

Bugungi kunga qadar Yagona elektron maʼlumotlar bazasida 292 ta tashkilotlar va ulardagi laboratoriyalar to‘g‘risida maʼlumotlar, 3 513 ta qurilmalar reyestri va qurilmaga doir hujjatlar hamda 487 ta ilmiy laboratoriyalar to‘g‘risida maʼlumotlari mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122813 | Инструменты