AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo‘yicha rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida yagona vakilamiz Afruza Hamdamova (2188) yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Afruza 8 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 15-o‘rinni egallab turibdi. To‘qqizinchi pog‘onadagi xitoylik grossmeyster Tan Jong Yi (2502) hisobida ham 5,5 ochko bor.
Hamdamova kecha tunda o‘tkazilgan 4 ta turda 2 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi. Afruza 7-turda qora donalarda o‘ynaganiga qaramay,ikki karra jahon chempioni, blis yo‘nalishida amaldagi jahon chempioni rossiyalik Valentina Gunina (FIDE, 2388)ni mag‘lub etishni uddaladi. U 8-turda qozog‘istonlik grossmeyster, blis yo‘nalishida ikki karra jahon chempioni Bibisara Assaubayeva (2444) bilan durang o‘ynadi. Beshinchi turda ruminiyalik Irina Bulmaga (2378)dan ustun keldi.
Turnir jadvalida 8 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘argan xitoylik Ju Venjun (2536) qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122902 | Инструменты