Huawei 1
Toshkent viloyatida ona 4 yoshli qizini kaltakladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi. 

Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanishicha, joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga voyaga yetmagan Y.M. (2020-yilda tug‘ilgan qiz) tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida E.Y (1977-yilda tug‘ilgan ayol) 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jaroxati yetkazganligi aniqlandi.

Xususan, tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og’ir jarohatlar qayd etilgan.

27-dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB  tomonidan E.Y ga nisbatan  JKning 126-1-moddasi 7-qismi “b” bandi (Oilaviy maishiy zo’ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumot uchun: endilikda JKning 126-1-moddasi (oilaviy maishiy zo’ravonlik) jinoyati bo’yicha jabrlanuvchilar doirasiga bolalar ham kiradi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122903 | Инструменты