“Yandex Go” taksi xizmati Qarshida ham ishga tushirildi. Xizmat ilovasi orqali unda kerakli manzilni tanlab, shaharning istagan nuqtasiga yetib olish mumkin.
Servis foydalanuvchining joylashuvini o‘zi aniqlaydi va tez yetib keladigan haydovchini topadi. Yo‘l haqi narxi 3000 so‘mdan boshlanadi.
Masalan, shaharda joylashgan “Sulton” mehmonxonasidan “Navoiy” bog‘igacha borish narxi taxminan 4300 so‘m, Sardobagacha esa 4700 so‘m turadi.
“Qarshi O‘zbekistonda „Yandex Go“ mavjud to‘qqizinchi [ehtimol, o‘ninchi — Spot] shahar bo‘ldi. Ilovada avtomobilga buyurtma berilgandan so‘ng darhol modeli, avtomobil raqami va kutish vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, ilova orqali tezda bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud”, deydi “Yandex Go"ning mintaqaviy menejeri Mirzohid Solihov. Yo‘l haqining maksimal narxi foydalanuvchilarga mashinaga buyurtma berish vaqtida ma’lum bo‘ladi — buning uchun ilovaga borish manzilini kiritish kerak bo‘ladi.
Agar haydovchi yo‘lni ta’mirlash tufayli yo‘nalishdan chetga chiqishi kerak bo‘lsa, narx o‘zgarmaydi. Shuningdek, yo‘l haqini naqd pul va karta orqali to‘lash mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты