Soliq qo‘mitasining maʼlum qilishicha, onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasida aks etmoqda.
O‘tgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 million tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan.
Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 millionga etdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.
Soliq qo‘mitasi boshqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash va to‘lov shaklidan qatʼi nazar, yo‘lovchilarga chek berish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Maʼlumot o‘rnida aytish joiz, “Soliq” mobil ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar cheklari uchun keshbek hisoblanmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60321 | Инструменты