Huawei 1
Yangi o'quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qo'shimcha 940 ta kvota ajratildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida”gi PQ-4749-sonli qaroriga muvofiq xotin-qizlarga qo'shimcha to'rt foizli davlat granti asosida kvota ajratilgan edi.

Prezident qaroriga muvofiq, 2020/2021 o'quv yili qabulidan boshlab Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo'lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlariga nisbatan qo'shimcha to'rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari ajratildi.

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to'rt foizli qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko'ra, yangi o'quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qo'shimcha 940 ta kvota ajratildi.

O'tkazilgan test sinovlari natijalariga ko'ra ushbu imtiyozga ega bo'lgan abituriyentlar to'plagan baliga qarab hududlar kesimida o'tish bali quyidagicha:

-  Qoraqalpog'iston – 154,5 ball;
-  Andijon – 135,2 ball;
-  Namangan – 151,5 ball;
-  Farg'ona – 151,6 ball
-  Buxoro – 160,2 ball
-  Xorazm – 154,9 ball
-  Surxondaryo – 150,5 ball
- Qashqadaryo – 157,3 ball
-  Jizzax – 151,8 ball
-  Navoiy – 163,9 ball
-  Samarqand – 151,4 ball
-  Sirdaryo – 138,5 ball
-  Toshkent viloyati – 138,7 ball
-  Toshkent shahri – 136,3 ball

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va  viloyatlardan yuqoridagi balni to'plagan xotin-qizlar oliy ta'lim  davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan. Undan past olgan abituriyentlarga 4 foizlik imtiyoz qo'llanmaydi, ular umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Tavsiyanoma oliy ma'lumot olish istagida bo'lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko'p bo'lmagan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma abituriyent ro'yxatdan o'tishida tanlagan birinchi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты