Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan 110,4 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda uning toifasi oʻzgartirilgan boʻlib, doimiy foydalanish uchun “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berildi.
Tumanning ”Oʻzbekiston“, ”Guliston“, ”Istiqlol“ mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri" hududiga oʻtkazilmoqda. Hozirda belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52109 | Инструменты