Hujjat evaziga "Cobalt"uchun akkumulyator va $500 so'ragan Yangiyo'l tumani kadastr agentligi boshlig'i pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazgan.
Unda aniq bo'lishicha, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. pora bilan ushlangan.
Ma'lumotlarga ko'ra, “R.M.” MCHJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor” shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga bo'lim boshlig'i jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilgan.
Sementni bozor narxida oʻrtacha 10 mln soʻmga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53106 | Инструменты