Yer qa'riga cho'kkan yap-yangi uylar: AQShda aholi turar joyidagi yer o'pirildi
AQShning Janubiy Dakota shtatida xususiy uylardan iborat yangi tuman qurilgan edi. Tuman haqiqatdan ham nufuzli va qimmat uy-joylardan iborat bo'lgan. Bahosi qimmat bo'lishiga qaramay uylardan birida, avtoturargohga kiruvchi yo'lning o'zida tuproq o'pirilishi sodir bo'ldi.
Uylar shaxta ustiga qurilgan
Yer ostida nimalar sodir bo'layotganligiga aniqlik kiritish va yangi o'pirilishlar xavfi bor-yo'qligini bilish uchun mahalliy aholi mutaxassis-speologlarga murojaat qiladi. Yer ostidagi holat esa mutaxassislarni ham, mahalliy aholini ham karaxt ko'yga soldi. Nega deysizmi? O'pirilgan yerda bundan bir necha o'n yillar oldin gips shaxtalari bo'lgan ekan.
Speleologlar yer qa'riga tushishganida u yerda kengligi 20-30 metr, balandligi 5 metr bo'lgan bo'lgan ulkan zallar bo'lganligini aniqlashdi. Bu barcha bo'shliqlarning bari hech qanday tayanchsiz, unchalik katta bo'lmagan chuqurlikda 600 metrgacha cho'zilgan edi. Vaholanki, mana shu bo'shliq ustida 12 ta yangi uylar qad rostlab turibdi va u istagan vaqt yer qa'riga cho'kishi mumkin. Xo'sh bunday uylarda yashash mumkinmi?
Ish sudga oshirildi
Endi bu yerlardagi turar-joylarning narxi nolgacha tushib ketdi. Aslida, bu yangi va qimmat uylarni qurishdan avval quruvchi tashkilot bu haqida bilmasligi mumkin emasdi! Biroq shunga qaramay xavfli hududga uy qurilgan hamda bu haqidagi ma'lumotlar uylarni xarid qilayotganlardan yashirilgan. Endi 119 nafar mahalliy aholi uy quruvchi tashkilotni 75 mln dollar qiymatdagi da'vo bilan sudga berishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51102 | Инструменты