Fuqaro B.T.ning Xorazm viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.B. va boshqalar Shovot tumani hududida joylashgan hokimiyat zahirasidagi 10 gektar ekin yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, kelgusi yilda sholi ekin mahsulotini ekib yerdan foydalanishi uchun 250 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 6 700 AQSH dollari va 3,8 mln. so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты