Huawei 2
Yerevandagi pirotexnika omborida yuz bergan portlash oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi

Yerevan markazi yaqinidagi “Surmalu” ulgurji bozorida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Shuningdek, vazirlikning maʼlumotlariga koʻra, 56 kishi turli ogʻirlikdagi jarohatlar olgan, 16 kishi bedarak yoʻqolgan.

Eslatib o’tamiz, “Surmalu” ulgurji-chakana bozori hududida yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:23 da portlash sodir bo'lgan, keyin yong'in chiqqan. Aytishlaricha, portlashga bozordagi feyerverk va salyutlar omboridagi yong’in sabab bo’lgan.

Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligining qo’shimcha qilishicha, voqea joyida o‘t o‘chirish va qutqarish ishlari davom etmoqda.

Avvalroq, Moskvadagi Ozon omborida kuchli yong'in sodir bo'lgani, natijada 20 ming kvadrat metr maydonga zarar yetgani haqida xabar qilingandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga