Huawei 1
Yirik chakana savdo tarmog‘i Magnum O‘zbekistonni tark etadi

Mashhur Qozog‘iston riteyleri Magnum O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatib, O‘zbekiston bozorini tark etmoqda. Bu haqda Forbes Kazakhstan nashri xabar bermoqda.

Ushbu yirik sotuvchining poytaxtda oltita do‘koni bor edi: beshtasi supermarket formatida, bitta gipermarket.

Eslatib o‘tamiz, Magnum O‘zbekiston bozoriga 2021 yil dekabr oyida Toshkentda gipermarket va supermarket ochib kirib kelgan edi.

Keyinchalik 2023 yil avgust oyida chakana sotuvchi Toshkentdagi Carrefour supermarketlar tarmog‘iga egalik qiluvchi kompaniya — Majid Al Futtaim LLC Uzbekistan‘ni sotib oldi.

Ketish sababi haqida maʼlumot berilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72800 | Инструменты