Huawei 1
Yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamalar markazida bo‘ldi.

Mazkur qonun loyihasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish va uni buzganlik uchun javobgarlik qat’iy belgilanishi va turli jarimalar qo‘llanilganda ba’zi tushunmovchiliklarning oldini olish masalasiga aniqlik kiritlyapti.  

Xususan, yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganlik uchun, chapga burilishda yoki qayrilib olishda teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l bermaganlik uchun hamda piyodalarga loyqa sachratganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.  

Ta’kidlanganidek, bu bilan yuk transport vositalari haydovchilari tomonidan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari kelib chiqishining oldi olinadi va yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlaydi. Shuningdek, tez tibbiy yordamga hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatiga muhtoj fuqarolarimizga ushbu yordamni sifatli va zudlik bilan yetkazilishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, skuter va individual harakatlanish vositalarini boshqaruvchi shaxslarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi belgilanyapti.

Deputatlar qonun loyihasi yuzasidan partiya saylovoldi dasturidan kelib chiqib, uni yanada takomillashtirish, pishiq puxta holatga keltirish bo‘yicha bir qator takliflar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga