Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Xasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazgan.
Shu kabi, Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari D.S. MCHJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42819 | Инструменты