Huawei 1
Reuters: Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni chaqiriladi

Kardinallar 7 may kuni yangi Rim papasini saylash uchun konklavga to‘planadi. Bu haqda Reuters Vatikandagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Rim katolik cherkovining oliy ruhoniylari 28 aprel kuni yopiq eshiklar ortida uchrashib, yangi papaning saylovi sanasini belgiladi.

Hozircha konklav chaqiriladigan sana to‘g‘risida rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni vafot etdi. 26 aprel kuni Vatikanda Fransiskning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi — marosimda 200 mingga yaqin odam ishtirok etdi. Rim katolik cherkovi qoidalariga ko‘ra, yangi papa saylanadigan konklav 5-11 may oralig‘ida o‘tkazilishi kerak edi.

Konklavda 80 yoshga to‘lmagan kardinallar ishtirok etishi va saylanishi mumkin. Hozirda kollegiyaning 252 nafar a’zosini 135 nafari ushbu talabga mos keladi.

Saylovlar Sikstin kapellasida o‘tkaziladi. Yangi papa saylanmagunga qadar kardinallarga tashqi olam bilan aloqa o‘rnatish taqiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42823 | Инструменты