Huawei 1
Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlari rag'batlantiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlari uchun rag'batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda:

- yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar bo'yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to'langan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;

- reyting bo'yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o'rnini qoplash tekshiruvlar o'tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты