Huawei 1
“Zakovat”ning respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtdagi “Zakovat arenasi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi musobaqalarda mamlakatimizning 340 mingdan ortiq mahalla yoshlari qatnashdi va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbir so‘nggida final bosqichi g‘olib jamoalari aniqlandi.

Unga ko‘ra, 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Paxtazor” MFY jamoasiga, 2-o‘rin Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY jamoasiga hamda 3-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Qangli” MFY jamoasiga berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100120 | Инструменты