Huawei 1
“Zamin” fondi “Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati” mavzusida muhokama o‘tkazdi

Joriy yilning 6-sentyabr kuni "Zamin" fondi BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va milliy hamkorlar ko'magida "Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati" mavzusida muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z kirish so‘zida:

"Sayyoramiz kelajagi - hammamizniki, demak, atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz, o‘zimizdan boshlab xususiy sektorgacha, jamoat tashkilotlaridan hukumatlargacha - hammamiz birgalikda ish olib borishimiz shart",-dedi.

Shuningdek, bu borada amallarning katta-kichigi yo‘qligi aytildi. Kengash raisi atrof-muhit uchun barcha harakatlar, jumladan, o‘simliklarga zarar yetkazmaslik yoki kichik daraxt ekish ham, katta korxonalarda chiqindilarni kamaytirish ham o‘ta ahamiyatli ekanligini ta'kidladi.

Qayd etilishicha, tadbirda “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” loyihasini amalga oshirishda erishilgan natijalar taqdimot qilindi. 

Shu bilan birga, bu boradagi xalqaro tajriba muhokama qilindi, havoni nazorat qilish chora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121617 | Инструменты