Huawei 1
Zarafshon shahrida nogironligi bor fuqarolar uchun 2 ta yangi avtobus olib kelindi

Zarafshon shahrida jamoat transporti harakatini tashkil etish maqsadida shahardagi nogironligi bor fuqarolar uchun 2 ta yangi avtobus olib kelindi.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ushbu avtobuslarni ko’zdan kechirar ekan, avtobusda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun barcha qulayliklar mavjud ekanligini ta’kidladi. Xususan, yo’lovchilar  hamda nogironligi bor shaxslar uchun  konditsioner, USB-port, kuzatuv kamerasi, maxsus panduslar mujassam.

Ma’lumot o‘rnida, Zarafshonda shu paytgacha aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami uchun 5 ta jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi bunday transportlar soni 7 ta bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122703 | Инструменты