Huawei 1
Zarafshonda Xalqaro Nordik universiteti filiali ochiladi

Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmonov Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafoqulov va universitetning Moliya ishlari bo‘yicha prorektori Nuriddin Murodullayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Zarafshon shahrida 2023-yilning sentabr oyiga qadar sohalar kesimida ushbu universitet filialini ochish haqida kelishib olindi.

Ma’lumki, 2022-yilning 8-sentyabr kuni Toshkent shahrida Finlandiyaning ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan Xalqaro Nordik universiteti (“Nordic International University”) nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlagan edi.  

Uchrashuvda universitet rektori Sherzod Mustafoqulov OTMda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, universitetda 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanib, ingliz, rus tillaridan tashqari fin tili mukammal o‘rgatiladi. Barcha kurslar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, yozgi ta’tilda tanlov asosida Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi davlatlarda ish va sayohat (workandtravel) dasturlarida qatnashish imkoniyati beriladi. 

Shuningdek, talabalar 2+2, 3+1 qo‘shma dasturlari asosida ikkinchi kursdan keyin o‘qishni Finlandiya universitetlarida davom ettirib, ikki tomonlama (doubledegree) diplom olishlari mumkin. 

Xalqaro hamkorlar ko‘magida xorijda stajirovka, ish o‘rganish, master-klass, startaplarni rivojlantirish, kelajakda xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashiladi.

Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli (yuqori GPA ko‘rsatkichi bilan) tugatganlar uchun magistraturani Finlandiyada imtiyoz asosida o‘qib kelish imkoniyatlari beriladi.

https://nordicuniversity.org/

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71010 | Инструменты