Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning aytishicha, ayollar orasida rak kasalliklarining oshishiga sabab bo‘lgan omillardan biri, ularning tandirda non yopmasligi . Bu haqda u mahallada uchrashuv davomida maʼlum qildi.
”Mahallalarga borganda, mahalla aylanamiz. Tandir yo‘q. Non yopmaymiz. Chiroyli qilib haligi makka unidan qo‘shib, qora bug‘doyni qo‘shib, qora non qilib berardi, u boshqacha edi. Chiroyli qilib xo‘jayinlarni ham achchiq bulkaga o‘rgatib oldik. Men Samarqandda ishlaganimda koreyalik doktor keldi-da, ayollarda saratonning ko‘payish sabablarini tahlil qildi. Nimaga ko‘payyapti, bu saraton kasalligi? 7-8 ta narsani yozgan. Kam harakatlilik birinchi o‘rinda turibdi”, - deydi u.
Uning aytishicha, tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanadi. Shuning tezligida qon tomirlarni tozalaydi. Qon iflos bo‘lsa, qaysidir bezga mikrob qo‘shilib, sekin-sekin bezlar uyg‘onadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112512 | Инструменты