Adliya vazirligi "Davlat sog'liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida resipient hamda tirik donorni transplantasiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitasiyasi va kuzatuvda bo'lish tartibi to'g'risida"gi nizomni ro'yxatdan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3708, 21.11.2025-y.)
Mazkur Nizomda davlat tibbiyot muassasalarida retsipientlar va donorlarni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda bo'lish tartibi belgilandi.
Nizomga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida ko'rsatilgan davlat tibbiyot muassasalari retsipientlar va donorlarni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlashdan oldin, ularning sog'lig'i bo'yicha maxsus tibbiy tayyorlov choralarini amalga oshiradi.
Retsipient va donordan transplantatsiya amaliyotidan oldin rozilik olinadi hamda u videoyozuvga qayd etiladi.
Retsipientlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so'ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo'ladi, reabilitatsiyadan keyin esa ular hududiy tibbiyot muassasalarida dispanser nazoratiga olinadi.
Retsipientlar dispanser nazoratida bo'lgan vaqtda shifokorlar tomonidan bepul immunosupressiv dori vositalari bilan ta'minlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112416 | Инструменты