Huawei 1
14 yoshli sportchimiz Jansuluv Tatlimuratova dunyo rekordini oʻrnatdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanida yashovchi yurtdoshimiz, 14 yoshli sportchi qiz Jansuluv Tatlimuratova tishlab turish orqali oʻz tanasini uzoq vaqt ushlab turish boʻyicha dunyo rekordini oʻrnatdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uning bu boradagi koʻrsatkichi 12 daqiqayu 1 soniya 18 lahzani tashkil etgan.

Hamyurtimiz ushbu gʻalabasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlashini maʼlum qildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10308 | Инструменты