Joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida respublikamizda 29 ta sport ob’yektlari ishga tushirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Bu ko'rsatkichlar yurtimizda sport sohasining kun sayin rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Respublika byudjetidan ajratilgan investitsiyalar hajmi 180,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Mazkur mablag‘lar sport infratuzilmasini rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga yo‘naltirildi.
Hududlar kesimida ishga tushirilgan yangi sport inshootlari soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 ta
Navoiy viloyati – 1 ta
Andijon viloyati – 2 ta
Qashqadaryo viloyati – 2 ta
Xorazm viloyati – 2 ta
Toshkent shahri – 2 ta
Buxoro viloyati – 7 ta
Namangan viloyati – 12 ta
Alpha version: 0.9.1.19 build 110121 | Инструменты