Bahodir Jalolov 9 kundan so'ng AQShning Kaliforniya shtatida jang o'tkazadi
Professional boksning super og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Kyortis Harperga (14-8, 9 KO) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda rasman e’lon qilindi.
Jang 26-noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatida o‘tkaziladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Kechaning asosiy jangi birinchi yarim o‘rta vazn toifasida vakant turgan WBC chempionlik kamari uchun Rejis Progreys va Xose Sepeda o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Jalolov so‘nggi jangini iyun oyida o‘tkazib, unda belgiyalik Jek Mulovayini muddatidan avval mag‘lub etgandi. Kyortis Harper esa oxirgi marta iyul oyida ringga chiqib, Kristian Tun ustidan g‘alabaga erishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20704 | Инструменты