Huawei 1
Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga to'liq tarkibda yo'llanmalarni naqd qildi

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur turnirda qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga 5 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida 113 mamlakatdan faqatgina O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari 5 tadan yo'llanmaga ega bo'lishdi. Mezbonlar 4 ta, Polsha jamoasi 3 ta litsenziyani naqd qilgan bo'lsa, yana bir qator mamlakatlar 2 va 1 tadan yo'llanma bilan uyga qaytadigan bo'ldi.

Italiyadagi turnirdan so'ng erkaklar jamoamizdagi yo'llanmalar to'liq bo'ldi – 7 ta. Bu borada yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, hali hech bir jamoa erkaklar o'rtasidagi barcha vazn toifalarida rejani to'liq bajarmadi. Qizlarimiz hisobida hozircha 2 ta yo'llanma mavjud. Demak, ayollar o'rtasida ham barcha vazn toifalaridagi yo'llanmalar to'liq bo'lishi uchun 23-may – 3-iyun kunlari Tailandda o'tadigan Ikkinchi jahon litsenzion turnirida 4 nafar bokschi qizimizga muxlislik qilamiz.

Yakunda "Xanchjou-2022" yozgi Osiyo o'yinlari va Italiyadagi turnir orqali Parij-2024 litsenziyalarini naqd qilgan hamyurtlarimizni eslatib o'tamiz:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov;

-57 kg: Abdumalik Xalokov;

-63.5 kg: Ruslan Abdullayev;

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev;

-80 kg: To'rabek Habibullayev;

-92 kg: Lazizbek Mullojonov;

+92 kg: Bahodir Jalolov;

-50 kg: Sabina Boboqulova;

-54 kg: Nigina O'ktamova.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты