Huawei 1
Britaniyalik jurnalist o‘zbek sportchisining mag‘lubiyatidan norozi bo‘ldi

Britaniyalik jurnalist Teylor O’Higgins Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi bokschisi Abdullayevning jangi natijasidan norozi bo‘ldi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Vazni 63,5 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar yarim finali uchun kechgan jangda Abdullayev kanadalik Uaytt Senfordga yutqazib qo‘ydi – 1:4. Hakamlar faqatgina birinchi raundda o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasini e’tirof etdi.

“Abdullayev—Senford jangidagi ochkolar hisoblanishi mutlaqo kulgili hol. O'zbekistonlik dastlabki ikki raundda yaqqol yetakchilik qildi, biroq uchinchi raundga kelib kuchlar tenglashdi, unda Senford yaxshiroq ko‘rindi va natijada g‘alabani “yulib” oldi.

Men bu sportni tark etaman. Bu mening havaskor boksdagi so‘nggi yilim bo‘ladi. Sarmoya kiritishga arzimaydigan juda ko‘p bema’niliklar sodir bo‘lmoqda”, deb yozdi g‘azablangan O’Higgins.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11514 | Инструменты