Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlar orasida HUMO terminallari boshqa bir yagona terminal uskunasiga o‘zgartirilishi vaji bilan, ushbu terminallarni bankga topshirilishi va o'rniga boshqa terminal olish lozimligi haqidagi asossiz xabarlar tarqalmoqda. Xususan, bu savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan HUMO terminallarini olib bankga topshirilishiga olib kelayotganligi bo‘yicha aloqa markazimizga turli murojaatlar ham kelib tushmoqda.
"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ yuqoridagi xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
To‘lov tizimning barcha uskunalari, shu jumladan terminallari odatiy rejimda ishlamoqda va ularning faoliyatida hech qanday o‘zgarish ko‘zda tutilmagan.
Tadbirkorlar savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari diqqatiga, agar HUMO terminallari olishda qandaydir muammo bo‘lganda yoki tijorat banklari tomonidan terminallar berilishi rad qilingan taqdirda, 71 200-08-88 raqami orqali HUMO to‘lov tizimi aloqa markaziga murojaat qilishlari so‘raladi.
"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ o‘z faoliyat ko‘lamini muntazam kengaytirib borish hamda mijozlarning moliyaviy amaliyotlarini qulay tarzda amalga oshirishi uchun doimiy ish olib borayotganini eslatib o‘tgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11517 | Инструменты